BALʼAMIY

BALʼAMIY Abu Ali Muhammad ibn Muhammad (? — 974, Buxoro) — tarixchi olim, davlat arbobi. Somoniylardan Abdulmalik ibn Nuh (954 — 961) va Mansur ibn Nuh (961 —976) zamonida bosh vazir boʻlgan. U 963-y. Tabariy (839 — 923)ning «Taʼrix ulanbiyo var-rasul val-muluk val-xulafo» («Paygʻambarlar, podshohlar va xalifalar tarixi») nomli yirik asarini fors tilida qaytadan yozgan. U Sharqda 9-a. gacha boʻlgan siyosiy voqealarni oʻzida aks ettirgan, Oʻrta Osiyoda yangi fors tilida bitilgan birinchi asar boʻlib Tabariyning arab tilida yozilgan va Leydenda (1879 — 89) nashr etilgan yuqoridagi asariga qaraganda aniq maʼlumotlarga boy va ayrim hollarda mufassalroqdir. Aftidan, B. Tabariy asarining avvalgi toʻlaroq nusxalaridan foydalangan. Balʼamiyning bu asari chet tillarga tarjima qilingan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x