BAKTERIOSTATIK MODDALAR (bakteriyalar va yun. stasis — bir joyda turish, toʻxtab qolish) , bakteriostatiklar — bakteriyalar va b. mikroorganizmlarning oʻsishi va rivojlanishini toʻxtatib qoʻyadigan moddalar. Antibiotiklar, ogʻir metallarning ionlari (Ag/ Au3, Hg2, Cu2), ximioterapevtik vositalar (sulfanilamid preparatlar, margimush preparatlari) va b. B. m. dir. Ular kuchi taʼsir etayotgan moddaning konsentratsiyasiga bogʻliq. Kam konsentratsiyali bakteritsid moddalar ham bakteriyalarning koʻpayishini toʻxtatadi. Bakteriostatik moddalar tibbiyot, veterinariya va oziq-ovqat sanoatida ishlatiladi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые