BAKRON

BAKRON Muhammad ibn Najib (12-a. oxiri — 13-a. boshi) — geograf va xaritashunos. Bakron gazlamaga chizilgan «Olam shakli» — dunyo xaritasini 1209-y. da Muhammad Xorazmshoh Alovuddin ibn Takashga (1200 — 1220-y. larda hukmronlik qilgan) takdim etgan. Xaritaning oʻzi yoʻqolgan, ammo oʻsha xaritaga ilova qilingan batafsil izohot — «Jahonnoma» qoʻlyozmasi saqlanib qolgan (Osiyo xalqlari in-ti qoʻlyozmalar fondi. Sankt-Peterburg, shifr S — 612). «Jahonnoma»dan maʼlum boʻlishicha, xarita rangli qilib ishlangan va uning shartli belgilari boʻlgan: shaharlar kichik doirachalar b-n, dengizlar yashil rangda, daryo va soylar och qizil rangda, togʻlar toʻq qizil, choʻl va qumliklar sariq, shim. dagi qorli oʻlkalar oq rangda koʻrsatilgan. Barcha nomlar qizil rangda yozilgan. Xaritaga meridian va parallellar ham chizilgan. «Jahonnoma»da 600 ta nomga izoh berilgan. Bakron dunyo xaritasi va izohotni tuzishda oʻzidan oldin shu sohalarda ham tadqiqot oʻtkazgan Abu Rayhon Beruniy, Nosir Xisrav asarlaridan foydalanganini uqtirib oʻtgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x