BAKRABALIQ

BAKRABALIQ (Acipenser nudiventris) — suyakli baliqlar sinfining osyotrsimonlar turkumi va osyotrlar oilasiga mansub baliq. Qora, Azov, Kaspiy va Orol dengizi havzalarida tarqalgan. Balxash koʻli havzasida iqlimlashtirilgan. Tanasi duksimon, tumshugʻi choʻziq, ogʻzi boshining pastila. Skeleti togʻaydan tashkil topgan. Tanasidagi choʻgirlar besh qator, orqasida 11 — 17 ta, yon tomonida 55 — 57 ta, qornida esa 15 — 16 ta choʻgiri bor. Boʻyi 2 m dan ortiq, ogʻirligi 80 kg gacha. Bakrabaliq oʻtkinchi baliq, hayotining bir qismini dengizda (shoʻr suvda) oʻtkazsa, urchish davrida daryoga (chuchuk suvga) oʻtadi. Urgʻochisi 12 — 14 yoshida, erkagi 8 — 9 yoshida voyaga yetadi. Serpushtligi yoshiga bogʻliq. Boʻyi 120 — 150 sm, ogʻirligi 13 — 20 kg boʻlganda 210 — 340 ming uvildiriq (tuxum) qoʻyadi. Orol dengizining biologik holati baliqlar uchun yaxshi boʻlganda uvildiriq tashlash uchun oroldan Amudaryo va Sirdaryo quyilishida toʻplanib, soʻngra daryoning yuqori oqimidagi uvildiriq tashlaydigan joylarga ketadi. Tuxumdan chiqqan baliqchalarning bir qismi daryo suv oqimi boʻylab dengizga (shoʻr suvga) qaytadi, qolganlari esa daryoda qoladi. Bakrabaliq umurtqasiz hayvonlar, chigʻanoqlar va suv oʻsimliklari bilan oziqlanadi. 1936-y. gacha Orol dengizi havzalarida koʻplab ovlanar edi.

Sirdaryo va Amudaryodagi irrigatsiya qurilishlari va Orol dengizi ekologik holatining oʻzgarishi natijasida Bakrabaliq juda kamayib ketdi. Hozir Amudaryoning quyilish joyidagi suv havzalarida va Zarafshon daryosining quyi qismidagi yirik kanallarda oz miqdorda saqlanib qolgan. Oʻzbekiston Qizil kitobiga kiritilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x