BAKBO QOʻLTIGʻI (Tonkiy qoʻltigʻi) — Jan. Xitoy dengizidagi qoʻltiq, Xitoy va Vyetnam qirgʻoqlariga tutash, ochiq dengizdan Leychjou ya. o. va Xaynan o. orqali ajralgan. Uz. 330 km, kengligi 241 km. Chuq. 40 — 82 m. Suv koʻtarilishi sutkalik (5,9 m gacha). Xayfon porti joylashgan.