BAHROM CHOʻBIN

BAHROM CHOʻBIN (? – 592) – sosoniylar sulolasidan boʻlgan Xusrav I Anushirvon (531 — 579) va Hurmuzd IV (579 – 590) ning sarkardasi. Bahrom Choʻbin 563 — 567-y. lari sharqda eftaliylar va ashina turklari bilan urush olib borgan. 60—70-y. larda Vizantiya bilan olib borilgan urushlarda magʻlubiyatga uchragan. Xusrav I va Hurmuzd IV davrida bir qator maʼmuriy islohotlar oʻtkazilib, badavlat aslzodalarning siyosiy mavqei cheklab qoʻyildi. Bahrom Choʻbin sarkardalikdan chetlatildi. Bahrom Choʻbinning mansabdai chetlatilishi katta qoʻzgʻolonga bahona boʻldi. U qoʻshin toʻplab, mamlakat poytaxti Ktesifonga qarab yurdi (590). Aynan shu vaqtda poytaxtda podshohga qarshi fitna uyushtirilib, Hurmuzd IV oʻddirildi, taxtga uning oʻgʻli Xusrav II Parviz oʻtirdi. Bahrom Choʻbin qoʻzgʻolonni davom ettirib, poytaxtii egʻalladi va oʻzini podshohdeb eʼloi qildi. Xusrav II Vizantiyaga, imperator Mavrikiy huzuriga qochdi va uning yordamida taxtni qayta qoʻlga kiritdi (591). Bahrom Choʻbin turk xo-qoni huzuriga qochib, tez orala oʻsha yerda oʻldirildi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x