BAHRI BAYT

BAHRI BAYT (arab, bahr — vazn va bayt soʻzidan) — ijodiy musobaqa. Bunda maxsus qoida bilan navbatma-navbat bayt aytib tortishishadi. Bahri baytning 2 turi bor:

1) qatnashuvchilardan biri aytgan baytning oxirgi soʻzi qaysi harf b-n tugagan boʻlsa, ikkinchisi birinchi soʻzni xuddi shu harf bilan bosh-lab bayt aytadi. Mac: Kimga qildim bir vafo, kim yuz jafosin koʻrmadim, Koʻrguzub yuz mehrkim, dardu balosin koʻrmadim.

Men vafosi vaʼdasidin shodmen.

Ul vafo, bilmonki, qilmas yo qilur.

Bahri baytda mavzu va mazmun birligi shart emas, ammo aytilgan bayt yoki misra takrorlanmasligi kerak;

2) qatnashuvchilardan biri ikkinchisiga qayerga borgani, kimnikiga qoʻngani, qoʻnoq joyda kimni koʻrgani. qanday ovqat yegani va qanday qoʻshiq aytgaii yoki eshitgani haqida soʻroq beradi. Javob beruvchi soʻroqqa biror joyning nomini aytadi. Keyingi har bir soʻroqqa oʻsha joy nomining oxirgi harfi bilan boshlanadigan jumla yoki qoʻshiq bilan javob qaytaradi. Tortishuv tomonlardan biri yengilgunga qadar yoki muayyan vaqt mobaynida shu tartibda davom etadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x