Doim zarur ishing chiqadi birdan,
Sen uyga vaqtliroq borishing kerak.
Bahonalar tayyor turar, masalan,
Yoʻq tandirga xamir qorishing kerak.
Mendan qochib borib, uyga qamalib,
Menimas, oʻzingni koʻproq qiynaysan.
Zarur yumushlaring bir yoqda qolib,
Bilaman, baribir meni oʻylaysan.
Orif Tolib
2011
https://saviya.uz/ijod/nazm/bahona/