BAGʻDOD TEMIR YOʻLI

BAGʻDOD TEMIR YOʻLIBosfor boʻgʻozini Fors koʻrfazi bilan bogʻlaydigan t. y. (uz. taxminan 2400 km)ning 20-a. boshlarida kengtarqalgan pomi. Turkiya, Suriya va Iroq qududidan oʻtadi. 1888-y. da dastlab Germaniyaning «Doyche bank»i Bosfordan Izmirgacha 1871-y. da qurilgan t. y. ni Anqaragacha uzaytirish boʻyicha koniyessiyani Turkiya hukumatidan sotib oldi. 1899-y. da tuzilgan FransiyaGermaniya bitimiga binoan.

Fransiya yoʻl qurilishiga sherik boʻldi. 1903-y. da t. y. qurilishini davom ettirish konsessiyaning Turkiya tomonidan Germaniyaga berilishi yirik davlatlar urtasida ziddiyatlarning kuchayi-shiga sabab boʻlgan. AngliyaGermaniya bitimiga (1914) muvofiq, Germaniya Bagdoddan jan. da Fors koʻrfazi yoʻnalishida t. y. qurilishini Angliyaga berdi. Xususiy ingliz va fransuz kompaniyalari Bagʻdod temir yoʻlining soʻnggi qismlarini tugallab, foydalanishga topshirdi (1934 — 41). Hozir Bagʻdod temir yoʻli kismlari Turkiya, Suriya va Iroqqa qaraydi. Texnika, transport va aloqa yoʻllarining ta-raqqiyoti tufayli Bagʻdod temir yoʻli oʻzining siyosiy-strategik ahamiyatini yoʻqrtdi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x