BAGʻDOD MINIATYURASI — 10 – 13-a. larda arab qoʻlyozmalariga ishlangan rasm va bezaklar, arab mamlakatlarida xalifalik iiqirozidan keyingi davrlarda yuzaga kelgan oʻziga xos uslub va mazmunga ega boʻlgan tasviriy sanʼat turi. Oʻrta asrlarda Yaqin Sharq ras-somligi taraqqiyotida muhim bosqichni tashkil etgan Bagʻdod miniatyurasi Misrdan koʻchib oʻtgan rassomlar (12-a.), sharqiy xristian do-iralari sanʼati, Eron badiiy anʼanalari, Sharqiy Turkiston hududidagi manixey va budda sanʼatlari taʼsirida shakllangan. Bezak butunligiga in-tilish, tasvirni tekis yuzali qilib ishlash xos boʻlgan. Qoʻlyozma kitoblarga ishlangan rasmlarda meʼmoriy obilalar mukammal tasvirlanib, manzaraga shama qilingan, u ramziy ifodalangan. Koʻchirilib bezatilgan qoʻlyozmalardagi Vizantiya sanʼati taʼsirida yaratilgan bezaklarda sa-roy hayotidan olingan dabdabali lavhalar aks ettirilgan. Ilmiy qoʻlyozmalar, risolalarga ishlangan bezaklar va oʻquv jadvallari aniq va ixcham, tasvirdagi harakat ifodali, ozgina detallar bilan joyning belgilanishi, ifodali boʻyoq dogʻlari va chiziqlari bilan diqqatga sazovor (Dioskoridning «Farmakologiya» asariga Abdulloh ibn Fadl ishlagan miniatyuralari, 1222). Bagʻdod miniatyurasining yetuk na-munalari — Haririyning «Maqomlar»iga ishlangan rasmlarga (Yahyo ibn Mahmud ishlagan) shaharlik Abu Zaydning kechmishlari asos qilib olingan (1237-y. da bezalgan nusxasi Parijdagi milliy kutubxonada; 13-a. boshlarida koʻchirilgan nusxasi Rossiya FA Sharq-shunoslik in-tining SanktPeterburg boʻlimida). Shahar va qishloq hayotidan ishlangan janrli lavhalar (qabul ma-rosimi, olimlar anjumani, bayram bazmi, safardagi karvon va b.) jonli, ifodali, taʼsirchan va mahorat b-n erkin ishlangan. Eron va Oʻrta Osiyo ras-somligining keyingi taraqqiyotiga 14 a. musavviri Junayd Sultoniyning ijodi (Hoji Kirmoniyning «Xamsa»siga ishlangan asarlari, 1396) sezilarli taʼsir koʻrsatgan. Bagʻdod miniatyurasining badiiy uslu-bi sodda, rasmlarda mayda va ikkinchi darajali boʻlaklar yoʻq. Mugʻullar davlatining tuzilishi tufayli inqirozga uch-ragan. Bagʻdod miniatyurasi maktabiiing keyingi taraq-qiyoti yangi madaniy jarayonlar bilan bogʻliq holda kechgan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые