BAGʻAL

BAGʻAL — meʼmoriy bezak. Gumbaz ostidagi shakl. Toʻgʻri toʻrtburchak, murab-ba targʻli xonalar Bagʻal yordamida doyra shakliga keltiriladi. Binoning ichki qismidagi gumbaz ostiga yoki poygum-bazga ishlanadi. Gumbaz ogʻirligi asosan Bagʻalga tushadi. Koʻpincha ravoqchalar koʻrinishida boʻladi. Vizantiya meʼmorligining asosiy konstruktiv elementlaridan biri hisoblangan (asosan xochsimon tarhli binoning gumbazlari qurilishida), keyinchalik rus meʼmorligida ham qoʻllanilgan. Shuningdek Uygʻonish davri meʼmorligida gumbazli binolar qurishda Bagʻalning murakkab namunalari yaratilgan. Turkistonda 9 — 11-a. lar meʼmorligida qoʻllanila bosh-lagan. 14 — 15-a. larda Bagʻal yuksak darajada rivojlanib, uning oʻziga xos milliy meʼmorlik anʼanalari asosida badiiy namunalari yaratilgan. Saroy, Madrasa, masjid, maqbaralar qurilishida sergʻovak, charhi, ravoqli, qalqonsimon ravoqli, muqarnas ravoqli, qalqonsimon mumtoz, toʻliq boʻlmagan qalqonsimon, ravoklarda kesishgan koʻp qatlamli qalqonsimon kabi Bagʻal lardan foydalanilgan. Bagʻallar turt, sakkiz, katta binolarda oʻn olti ravoqchali qilib ishlangan, oraligʻi gajaklar yordamida toʻldirilgan, uchburchak shaklida yupqa devor hoshiyalar terilgan. Muqarnas, iroqi, iroqi-muqarnas, pogʻonali, qolipkori uslubida bezatilgan. Keyingi yillar meʼmorligida ham uchraydi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x