BAGʻDOD IPAK QURTI — Bagdod sh. dan keltirilgan monovoltin zotiga mansub ipak qurti. Pillasi yirik (2 — 3 g), shakli uzunchoq, beldor, rangi oq, baʼzan sargish-yashil. pillasidan 14 — 17% ipak chiqadi, ipakning tortilish miqdori 60 — 80%. B. i. q. Oʻzbekistonda qadimdan boqib kelingan. Oq pilla olishga kirishilgach, bundan voz kechilgan. Qisman seleksiya ishlarida foydalaniladi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые