BAFFIN DENGIZI, Baffin qoʻltigʻi — Shim. Muz okeanidagi yarim yopiq dengiz. Grenlandiya bilan Kanada Arktika arxipelagining sharqiy qirgʻoqlari oraligʻida. Atlantika okeani b-n Deyvis boʻgʻozi orqali tutashadi. Mayd. 530 ming km2. Oʻrtacha chuq. 861 m, eng chuqur joyi 2414 m. Suvning ustki qatlamidagi t-ra yozda 4 — 5°, qishda — G. Shoʻrligi qishda 34%o, yozda 30 — 32%o. B. d. qishda suzib yuruvchi muzlar b-n qoplanadi. Yozda muzlar Baffin dengizining markaziy va gʻarbiy qismidagina qoladi. Asosiy baliqdari — beluxa, treska, seld. Dengiz ingliz qutb sayyohi U. Baffin nomi bilan atalgan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые