«BADOE ul-LUGʻAT» («Ajoyib lugʻat») — Alisher Navoiyning sheʼriyatini izoxlash uchun tuzilgan oʻzbekcha-forscha lugʻat. Muallifi — Tole Hiraviy. 1500-y. larda Sulton Husaynning topshirigʻiga binoan tuzilgan. «Badoye ul-lugʻat ul-l.»da mingga yaqin soʻz va iboralar berilgan. Hajmi — 180 bet. 1—10 – betlarida lugʻatchilik va bu lugʻat haqida maʼlumot berilgan. Unda ot, sifat, son va olmoshlar bosh kelishikda, feʼllar masdar shaklida koʻrsatilgan. «Badoye ul-lugʻat ul-l.» lugʻatchilik taraqqiyotiga sezilarli taʼsir koʻrsatgan. Prof. A. K. Borovkov tomonidan oʻrganilib, nashr ettirilgan (1961).
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые