BADIIY KOʻRGAZMALAR

BADIIY KOʻRGAZMALARsanʼat asarlarini ommaviy namoyish etish shakli. Koʻrgazma maxsus qurilgan yoki moslashtirilgan binolar (mas, muzey, madaniyat saroylari zallarida, teatr, kinoteatr, jamoat binolari foyelarida va sh. k. joylar)da uyushtiriladi. Tomoshabinni asarlar (hoz. davr sanʼati, badiiy meros) bilan tanishtirishning asosiy shakllaridan, baʼzan sanʼat asarlari savdosini uyushtirish maqsadida ham tashkil etiladi. Badiiy koʻrgazmalarning xalqaro, milliy, mintaqaviy turlari farqlanadi; Koʻchma va turgʻun, doimiy yoki davriy, bir kishining ijodidan yoki maʼlum guruh, maktab, yoʻnalish, davr, mamlakat sanʼati namunalaridan iborat boʻlishi mumkin. Koʻrgazmaga qoʻyilayotgan asarlar avvaldan tayinlangan kishilar yoki hayʼat aʼzolari tomonidan (janr, sanʼat turi, mavzui va b. ga qarab) tanlab olinadi. Badiiy koʻrgazmalar qoʻmitasi sanʼat asarlarini jamlash, ularni joylashtirish, koʻrsatkichlar tuzish va nashr ettirish, ekskursiyalar, maʼruzalar va b. ni uyushtirish kabi vazifalarni amalga oshiradi.

Badiiy asarlar dastlab Yunonistonda (mil. av. 6 – a. dan), Italiyada (15—16-a. lar), Gollandiya, Flandriya (17 – a.) va b. da tomoshabinlarga koʻrsatila boshlangan. Hoz. mazmundagi Badiiy koʻrgazmalar Fransiyada paydo boʻlgan: maxsus binolar qurilgan, rassomlar Luvr (1699)da oʻz asarlarini namoyish etganlar, shu tarzda Parijda koʻrgazmalar tashkil qilish boshlangan. Badiiy akademiyalar tomonidan koʻrgazmalar tashkil qilish yoʻlga qoʻyildi. 19 – a. ga kelib Badiiy koʻrgazmalar uyushtirish ishlari takomillashdi (koʻrsatkichlar tuzildi, ular koʻp nusxada nashr etildi, mualliflar haqida qisqa maʼlumotlar berildi). 19 – a. boshlarida Parij, Londonda xalqaro koʻrgazmalar uyushtirilgan; 19 – a. 2 – yarmida rasmiy Badiiy koʻrgazmalar b-n bir qatorda norasmiy koʻrgazmalar (mas, Parijdagi «Xoʻrlanganlar saloni», 1863) ham tashkil etilib, ularda salonakademizm sanʼatiga realistik sanʼat, yangi badiiy ifoda vositalarini izlash qaramaqarshi qoʻyilgan.

Oʻzbekistonda dastlabki koʻrgazmalar 19-a. oxiri — 20-a. boshlarida tashkil etila boshlandi. Jumladan, 1911-y. «L. L. Bure karikaturalari» koʻrgazmasi tashkil etilgan. 1928-y. da Oʻzbekistonlik rassomlarning koʻrgazmasi uyushtirildi, unga koʻrsatkich tuzildi va nashr etildi. 1930 – y. lardan boshlab respublika, shahar koʻrgazmalarini tashkil etish anʼanaga aylandi. Oʻzbekiston rassomlari xalqaro koʻrgazmalarda ishtirok eta boshladi (Parij, 1937, Nyu-York, 1939). Muhim sanalar (Mustaqillik kuni, Navroʻz ayyomi va b.), yubileylarni nishonlashga bagʻishlangan Badiiy koʻrgazmalar tashkil etish anʼanaga aylandi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x