BADIIY AKADEMIYALAR

BADIIY AKADEMIYALARnafis sanʼat masalalari bilan shugʻullanadigan ilmiy-ijodiy markazlar (asosan davlat muassasalari), shuningdek oliy (baʼzan xususiy) badiiy oʻquv yurtlari Oʻzbekiston hududida qadimda nafis sanʼat ijodkorlarini uyushtirgan turli markazlar boʻlgan. Temuriylardan Husayn Boyqaro davrida (15-a.) Hirotda 40 dan ortiq sanʼatkorlarni uyushtirgan kutubxona keyinchalik mutaxassislar tomonidan «Nigorxonai Bexzod» yoki «Bexzod akademiyasi» deb atalgan.

Yevropada badiiy akademiya dastlab Italiyada antik sanʼat, Uygʻonish davri sanʼatkorlarining uslublarini oʻrganish uchun toʻplangan rassomlarning erkin uyushmasi tarzida maydonga kelgan (16 – a.). Birinchi B. A. Parijda (Qirollik Badiiy Akademiyalar, 1648), keyinchalik Vena (1692), Berlin (1694), London (1768) da va b. Yevropa davlatlari saroylari qoshida, Rossiyada 1757-y. tashkil etilgan.

Oʻzbekistonda zamonaviy shakldagi Badiiy Akademiyalar 1997-y. Oʻzbekiston Prezidenta farmoniga binoan tashkil etildi (q. Oʻzbekiston Badiiy Akademiyasi).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x