BADANGA SHIKAST YETKAZISH

BADANGA SHIKAST YETKAZISH — jabrlanuvchining badaniga qasddan yoki ehtiyotsizlik orqasida jismoniy zarar yetkazib, tanasining anatomik butunligini yoki aʼzolaridan birining fiziologik funksiyasini buzish. OʻzR JKda Badanga shikast yetkazishning ogʻirlik darajasiga qarab: qasddan badanga ogʻir, oʻrtacha ogʻir, yengil shikast yetkazish, kuchli ruhiy hayajonlanish holatida qasddan badanga ogʻir yoki oʻrtacha ogʻir shikast yetkazish, zaruriy mudofaa chegarasidan chetga chiqib, qasddan badanga ogʻir shikast yetkazish, ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlashning zarur choralari chegarasidan chetga chiqib, badanga qasddan shikast yetkazish (104—109-moddalar) boʻyicha alohida javobgarlik koʻzda tutilgan. Sodir etilayotgan paytda hayot uchun xavfli boʻlgan qasddan badanga ogʻir shikast yetkazish natijasida koʻrish, soʻzlash, eshitish qobiliyatini yoʻqotish yoxud biron aʼzoning ishdan chiqishi yoki uning faoliyati tamoman yoʻqolishiga, ruhiy kasalga chalinishga yoki umuman sogʻligʻi buzilib, umumiy mehnat qobiliyatining 33% dan kam boʻlmagan qismining doimiy yoʻqolishiga yoxud badanning tuzalmaydigan darajada xunuklashishiga sabab boʻlgan shikast yetkazish qasddan badanga ogʻir shikast yetkazish sanaladi va aybdor 5 y. dan 8 y. gacha muddatga; B. sh. ye. oʻta shafqatsizlik b-n; ommaviy tartibsizliklar jarayonida; taʼmagirlik niyatida; bezorilik oqibatida; millatlararo yoki irqiy adovat zamirida; diniy taassublar zamirida; kishi aʼzolarini kesib olib, boshqa kishiga koʻchirish (transplantat) maqsadida; bir guruh shaxslar tomonidan sodir etilgan boʻlsa, 8 y. dan 10 y. gacha muddatga ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x