Badan tarbiyasi

Badanning salomat va quvvatli boʻlmogʻi insonga eng kerakli narsadur. Chunki oʻqumoq, oʻqutmoq, oʻrganmoq va oʻrgatmoq uchun insonga kuchlik, kasalsiz jasad lozimdur. Sogʻ badanga ega boʻlmagan insonlar amallarinda, ishlarinda, ibodatlarinda kamchilik qilurlar. Maishatimizni rohatda boʻlmogʻi jasadimizning sogʻlom boʻlmogʻiga bogʻlidur. Biz sihatimizni saqlamak ila amr oʻlinganmiz, shuning uchun vujudimizi hifzi-sihatga zid boʻlgan yomon odatlar ila churitmakdan saqlanmakligimiz lozimdur. Badan tarbiyasining fikr tarbiyasiga ham yordami bordur. Jism ila ruh ikkisi bir choponning oʻng ila terisi kabidur. Agar jism tozalik ila ziynatlanmasa, yomon xulqlardan saqlanmasa, choponning ustini qoʻyib astarini yuvub ovora boʻlmoq kabidurki, har vaqt ustidagi kiri ichiga uradur. Fikr tarbiyasi uchun mahkam va sogʻlom bir vujud kerakdur. Shuning uchun ota-onalar bolalari kasal boʻlgan zamon beparvolik qilmay, tezlik ila tabib yoki doʻxturga boqizmak kerak.

Imom Shofeʼi hazratlari: “Ilm ikki xildur: biri badan ilmi, ikkinchi din ilmi”, – demishlar. Bunga qaraganda eng avval hifzi sihat qoidalarini bilmak, salomatlikga ters boʻlgan narsalardan saqlanmak ila boʻladur.

Ichkulik, koʻknor, nasha, afyun, taryok, chilim, nos, popirus kabi badanning salomatlikigʻa zararli, ogʻulik, baʼzisi harom, baʼzisi makruh, baʼzisi isrof boʻlgan narsalardan qochmak, saqlanmak shariat, aql, hikmat yuzasidan lozimdur. Rasuli akram nabiyyi muhtaram sallollohu alayhi vasallam afandimiz: “Har narsa koʻp ichganda mast qiladurgan boʻlsa, man sizni aning ozginasidan ham nahy qilaman”, – demishlar.

 

Salomatlikni saqlov lozim ishdur.

Gunahdin saqla jisming yoz-u qishdur.

Kasal boʻlsang, boʻlur dunyo qorongʻu,

Maishat talx oʻlub hasrat chekishdur.

Harom-u shubhadan pok et oʻzingni,

Bu dunyo aysh-u ishratdan kechishdur.

Hama ishratchi hijronlikda ketdi,

Bu olamda bir ish ishlab ketishdur.

 

Abdulla AVLONIY

 

“Turkiy Guliston yoxud axloq” kitobidan

https://saviya.uz/ijod/nasr/badan-tarbiyasi/

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x