BADALOV Stepan Tigranovich

BADALOV Stepan Tigranovich (1919.26.8) — mineralog va geokimyogar. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1977). Geologiya va mineralogiya fanlari dri (1962), prof. (1968), Oʻrta Osiyo industrial in-tini tugatgan. 1946-y. dan Oʻzbekiston FA Geol. va geofizika in-tida ilmiy xodim, lab. mudiri (1964 — 87), yetakchi ilmiy xodim (1987 — 96) va bosh ilmiy xodim (1997-y. dan). Urush qatnashchisi (1941 — 45). Badalovning ilmiy ishlari Oʻzbekistonda elementlar geokimyosi, ruda hosil qiluvchi tizimlarda elementlarning namoyon boʻlish xususiyatlarini oʻrganishga hamda reniy va osmiyning provinsiyalarini aniqlashga bagʻishlangan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x