Bachadon naylarini bog‘latishning zarari yo‘qmi?

So‘nggi paytlarda homiladorlikdan saqlanish uchun bachadon naylarini bog‘latish usuli ommalashmoqda. Bugun ayollar orasida DXS nomi bilan mashhur bo‘lgan bu usul to‘g‘risida ma’lumot beramiz.

bachadon naylari

DXS (dobrovolnaya xirurgicheskaya sterilizatsiya) — bachadon naylarini bog‘lash operatsiyasi. Bunda bachadon nayi jarrohlik yo‘li bilan kesiladi, so‘ng tikib qo‘yiladi. DXS, ya’ni IJS (ixtiyoriy jarrohlik sterilizatsiyasi) ayol umuman farzand ko‘rishni istamagan paytda amalga oshiriladi.

Ixtiyoriy jarrohlik sterilizatsiyasining ikki xili mavjud:

  1. Loparotomiya. Bunda qovuq usti sohasi 3-4 sm. hajmda kesib ochiladi va bachadon nayi chiqarib olingach, qo‘l yordamida kesilib, bog‘lab qo‘yiladi.
  2. Laparoskopiya. Bunda kindik oldi va qovuqning ikki yonidan1 sm. hajmda kesilib, laparoskop asbobi kiritiladi. So‘ng shu asbob yordamida bachadon nayi maxsus qaychi bilan qirqilib, kuydiriladi.

Jarrohlik sterilizatsiyasi yuz foiz samaradorlikka ega. Shuningdek, u ayol sog‘lig‘i, jinsiy hayoti va hayz sikliga hech qanday salbiy ta’sir ko‘rsatmaydi.

Bu operatsiya ayollarni butun umr homiladorlikdan saqlaydi. Shundan so‘ng farzandlaringiz tarbiyasi bilan mashg‘ul bo‘lib, o‘z sog‘lig‘ingizni ham tiklab olishingiz mumkin. DXS operatsiyasining ayol organizmi uchun umuman zarari yo‘q.

Ekspert: Mohira ESHQOBILOVA, akusher-ginekolog.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x