Bachadon kichikligi ya’ni bachadon gipoplaziyasi bachadonning rivojlanmaganligi, uning ayol yoshi va fiziologik me’yoriga nisbatan hajmining kichikligi bilan tavsiflanadi. Klinik ravishda bachadon gipoplaziyasi hayz ko’rishning kech boshlanishi (16 yoshdan keyin), hayz sikli tartibsizligi va og’riqning kuchayishi bilan, shuningdek tabiiy abort, tug’ruq anormalliklari, bepushtlik, libido va anorgazmiyaning pasayishi kabi salbiy holatlar bilan namoyon bo’ladi. Kasallikka vaginal tekshiruv, ultratovush tekshiruvi, bachadon bo’shlig’ini tekshirish orqali tashxis qo’yilgan. Bachadon gipoplaziyasini davolash uchun gormon terapiyasi, fizioterapiya, mashqlar terapiyasi talab etiladi.
Bachadon kichikligi sabablari
Tug’am bachadon gipoplaziyasi – bu tug’ruqdan oldingi davrda embrionga zarar yetkazuvchi ta’sir yoki irsiy omillar tufayli genital yoki umumiy infantilizmning namoyon bo’lishidir. Ko’pincha, bachadon gipoplaziyasining sabablari «gipotalamus-bachadon» regulyatsiya tizimining buzilishi yoki gipofiz bezining gonadotropik faolligi kamayishi kabi omillar yotadi . Bunday tartibga soluvchi buzilishlar bolalik davrida yoki balog’at yoshidagi qizlarda uchraydi va gipovitaminoz , intoksikatsiya, asab kasalliklari, bola organizmiga o’quv va sport yuklamalarining ko’payishi, anoreksiya, gripp, tonzillitva hokazo omillar ta’sirida yuzaga keladi. Bunday hollarda, dastlab to’g’ri shakllangan bachadonning keyingi rivojlanishida kechikish kuzatilishi mumkin.
Bachadon gipoplaziyasining asosiy xarakteristikasi uning hajmining kichikligidir. Odatda, jinsiy yetuk ayollarda bachadon bo’shlig’i uzunligi 7 sm, tug’ganlarda – 8 sm, bachadon bo’yin uzunligi 2,5 smni tashkil qiladi, rivojlanishning to’xtash vaqtiga qarab, bachadon gipoplaziyasi ginekologiyada uch darajaga ajratiladi.
- I daraja yoki rivojlanishning boshlang’ich bosqichi – ko’pincha tug’ma patologiya. Organning kattaligi yangi tug’ilgan qiz bilan bir xil bo’lib, katta ayolda 3 smni tashkil qiladi, bu bosqichda bo’shliq va bachadon qo’shimchalari yo’q, bunda hayz ko’rish ehtimoli juda kam. Shuning uchun bunday bachadon bilan homiladorlik yuz berishi ham istisno qilinadi. Konservativ terapiya samarasiz.
- II daraja yoki Infantil (bolalar) bachadonining uzunligi 3 sm.dan 5,5 sm.gacha bo’ladi. Bachadon gipoplaziyasining eng keng tarqalgan turi hisoblanadi. Bunda bachadon fiziologik jihatdan to’g’ri tuzilishi va bo’shlig’iga egabo’ladi. Davolash uzoq muddatli. Homilador bo’lish imkoniyati bor, biroq kichik.
- Bachadon gipoplaziyasining uchinchi darajasi (o’smir bachadoni) — bu organning kattaligi besh yarimdan yetti santimetrgacha bo’lgan holat. To’g’ri davolanish olib borilsa, ijobiy prognozga ega. Kichik o’zgarishlar bilan patologiya birinchi homiladorlikdan so’ng o’z-o’zidan o’tib ketishi mumkin, chunki tug’ruqdan keyin bachadonning kattaligi biroz kattalashadi.
Bachadon kichikligi belgilari
Bachadonning gipoplaziyasi uchun hayz ko’rishning kech boshlanishi xarakterlidir (16 yoshdan keyin). Menstrual funksiya shakllanganidan so’ng, hayz ko’rish odatda og’riqli (algodismenoreya shaklida), tartibsiz, qisqa, kam yoki ko’p miqdorda ajralmalar bilan kechishi kuzatilishi mumkin.
Bachadon gipoplaziyasida qiz umumaniy jihatdan jismoniy va jinsiy rivojlanishdan orqada qolishi mumkin: kichik bo’yli o’spirin, bir xil toraygan tos suyagi, tor ko’krak qafasi, gipoplastik sut bezlari, yaxshi ifodalanmagan ikkinchi darajali jinsiy xususiyatlar.
Kelajakda bachadon kichikligi to’liq davolanilmasa, jinsiy yetuk ayollarda ham jinsiy tuyg’u pasayib, anorgazmiya kuzatilishi mumkin. Bachadonning gipoplaziyasi fonida reproduktiv kasalliklar, masalan bepushtlik, bacjadondan tashqari homiladorlik, tabiiy abort , og’ir toksikoz, tug’ruq paytida bachadon bo’ynining yetarli darajada ochilmasligi, tug’ruqdan keyingi atonik qon ketishi kiradi. Bachadon gipoplaziyasi bilan kasallangan ayollarda jinsiy tizim infeksiyalarga nisbatan sust qarshilik ko’rsatganligi sababli ko’pincha servitsit , endometrit rivojlanadi.
Tekshiruv usullari
Bachadon gipoplaziyasi bilan og’rigan bemorlarni birlamchi ginekologik tekshiruvi paytida genital infantilizm belgilari aniqlanadi: jinsiy sohadagi sochlarning yetarli darajada o’smaganligi, jinsiy lablar yaxshi rivojlanmaganligi, klitorning boshi vulvadan tashqariga chiqib turishi kuzatiladi. Vaginal tekshiruv paytida, qisqa va tor qin, bachadon tanasining qisqariligi va yassilanishi, bachadon bo’yni konus shaklidaligi aniqlanadi.
Rentgenologik yoki ultratovushli gisterosalpingoskopiya bachadonning kichrayishini, bachadon naychalarining qiyshiqligini, tuxumdonlar gipoplaziyasini tasdiqlaydi. Agar bachadonning gipoplaziyasiga shubha qilingan bo’lsa, jinsiy gormonlar (FSG, progesteron, prolaktin, LG, estradiol, testosteron), shuningdek qalqonsimon bez gormonlari (TTG, T4) darajasini laboratoriya tekshiruvi o’tkaziladi. Bundan tashqari, agar bachadonning gipoplaziyasiga shubha qilingan bo’lsa, bachadon bo’shlig’ini tekshirishga, bemorning suyak yoshini, turk egarining rentgenografiyasini va miyaning MRT kabi qo’shimcha tekshiruvlarga ham murojaat qilinishi mumkin.
Bachadon kichikligini davolash
Davolash choralari bachadon gipoplaziyasining darajasi va uning rivojlanmaganligi sabablari bilan belgilanadi. Bachadon gipoplaziyasini davolash uchun almashtiruvchi yoki rag’batlantiruvchi gormonal terapiya qo’llaniladi, bu bilan ginekolog bachadon hajmini me’yorga keltirish va normal hayz siklini tiklashga muvaffaq bo’ladi.
Bachadon gipoplaziyasini davolash uchun fizioterapevtik usullardan foydalanish (magnetoterapiya, lazer terapiyasi, diatermiya, induktotermiya, UVCH terapiyasi, ozokeritoterapiya) organdagi qon aylanishini normallashtirishga imkon beradi. Endonazal galvanizatsiya ham bachadon kichikligini bartaraf etishda yaxshi ta’sir ko’rsatishi mumkin, uning ta’siri ostida gipotalamus-gipofiz mintaqasi ishi rag’batlantiriladi, LG va FSG gormonlarining sintezi kuchayadi. Bachadon gipoplaziyasi bilan kasallangan bemorga vitaminli terapiya , ginekologik massaj, kurortoterapiya buyuriladi.
Bachadon gipoplaziyasi prognozi va oldini olish
Agar kasallikning 1 darajasi aniqlansa, har qanday davolash ishlari tabiiy urug’lanish yuzaga kelishiga imkoniyat bermaydi. Tuxumdonlarning ishlashi bilan shifokor EKOni tavsiya qiladi. Ammo bachadon to’liq rivojlanmagani uchun, homila rivojlanishi bilan bog’liq muammolar paydo bo’ladi. Bu yerda ayolga surrogatsiya yordam berishi mumkin.
2 daraja patologiya bilan homilador bo’lish va farzand ko’rish imkoniyati mavjud, ammo unchalik yuqori emas. Urug’lanish sodir bo’lganda ham, homiladorlik va tug’ish jarayoni murakkablashishi, ayolga qiyinchilik tug’dirishi mumkin.
Bachadon rivojlanishidagi minimal o’zgarishlar aniqlanganda, homiladorlik yuz berishi faqat 3 bosqichda bo’lishi mumkin. Ammo bemor doimo shifokor nazorati ostida bo’lishi hamda talablarga rioya qilishi lozim.
Patologiyani iloji boricha erta aniqlash muhimdir. Balog’at yoshida gipoplaziyani gormon terapiyasiga murojaat qilmasdan ham davolash mumkin. To’g’ri va to’yimli ovqatlanish, vitamin terapiya va sog’lom turmush tarzi buzilgan gormonal fonni tiklashga qodir.
Ayolning reproduktiv tizimining normal shakllanishi va rivojlanishi uchun, ayniqsa, o’spirinlik davrida salbiy ta’sirga ega omillarini yo’q qilish talab etiladi. Bachadon gipoplaziyasining oldini olish uchun qizlarga yaxshi ovqatlanish, o’ta qat’iy parhezlardan bosh tortish, stressli vaziyatlardan o’zini uzoqroq tutish, yuqumli kasalliklarning o’z vaqtida oldini olish va davolash kerak.