BABBITLAR — qalayi, qoʻrgʻoshin, pyx yoki alyuminiyga surma, mis, kadmiy, mishyak va b. metallar qoʻshib tayyorlanadigan qotishmalar. Qalayli qotishmani birinchi marta (1839) tayyorlagan amerika muhandisi I. Babbit (1799 — 1862) sharafiga shunday atalgan. Ishqalanish koeffitsiyenti kichik, yaʼni ishqalanganda uncha yoyilmaydi. Mashinalarning ishqalanuvchi detallari hamda elektr dvigatellar, turbinalar, kompressorlar, nasoslar, generatorlar va stanoklarning podshipniklarini tayyorlash uchun ishlatiladi. Detallar yoki podshipniklarning qayerda ishlatilishiga qarab, Babbitlarning turli xillari qoʻllaniladi. Mas: yuqori temperaturali sharoitda ishlovchi podshipniklar uchun qoʻrgʻoshinli Babbitlar ishlatiladi va h. k.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые