BABANINA Svetlana Viktorovna

BABANINA Svetlana Viktorovna (1943.4.2, Tambov viloyati) — suvda suzish boʻyicha jahon rekordchisi, xizmat koʻrsatgan sport ustasi (1964). 1954-y. dan Oʻzbekistonda yashaydi. Uch marta mamlakat chempionligi oltin medali b-n taqdirlangan (1962, 1963, 1964). Spartakiada gʻolibi (1963). Jahon universiadasining ikki oltin, ikki kumush va bir bronza medaliga sazovor boʻlgan (1965, Vengriya). 4×100 m estafeta suzishida Yevropa chempioni (1966). Tokio olimpiadasida ikki marta bronza medali bilan mukofotlangan (1964). 100 m ga brass usulida suzish boʻyicha ikki marta jahon rekordini oʻrnatgan (1964, 1965). 1995 y dan respublika olimpiada rezervlari bilim yurtining murabbiysi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x