Quyida keltiriladigan fikrlar, hikmatlar ijtimoiy tarmoqlardagi turli sahifalardan olib tarjima qilingan. Bundan tashqari sahobai kiromlar, ulugʻ olimlar, Yaqin Sharq, Osiyo, Yevropa va Amerika mutafakkirlarining bir qator fikrlari ham berilgan.
*****
Uning buyragini har ikki oyda 30 marta yuvishadi. Ogʻriqdan jinni boʻlay deydi. Alloh taolo sening buyragingni har kuni 33 marta yuvadi. Sen esa hech narsani sezmaysan. Allohning senga bergan neʼmatlari haqida yaxshilab oʻylab koʻrgin va Alhamdulillah degin!
“Hikmat durdonalari”
*****
Mazlum odamning HASBIYALLOHU VA NEʼMAL VAKIYL degan gapining maʼnosini bilasizmi? Bu degani oʻsha mazlum “Koʻrgan zulmlari papkasi”ni yerdan samoga yuborayotgan boʻladi.
“Hikmat durdonalari”
*****
Muvaffaqiyatsizlik oʻtirvolib, (hech narsa qilmasdan) omad, muvaffaqiyat kelishini kutadiganlarga yetadi.
Ibrohim Faqiy
*****
Bir donishmanddan “Sizga ozor bergan kishidan nega oʻch olmaysiz?” deb soʻradilar. Donishmand “Meni tishlagan itni men ham tishlashim hikmatdan boʻladimi?!” deb javob berdi.
“Hikmat durdonalari”
*****
Agar osmondan vafo yomgʻir boʻlib yoqqanida, xoinlar soyabon ushlab olganlarini koʻrarding.
“Hikmat durdonalari”
*****
Baʼzi koʻzlar koʻzyoshisiz yigʻlaydi. Baʼzi qalblar shikoyatsiz ogʻriydi.
“Hikmat durdonalari”
*****
Sen bilan biror shaxsning aloqasi oʻzgarib qolsa, mahzun boʻlma. Ehtimol aktyorlik qilaverish joniga tegib, asliga qaytgandir.
“Hikmat durdonalari”
Internet materiallaridan toʻplab, tarjima qiluvchi
Nozimjon Iminjonov
https://saviya.uz/ijod/nasr/bazi-kozlar-kozyoshisiz-yiglaydi-bazi-qalblar-shikoyatsiz-ogriydi/