AZOTOBAKTERIN

AZOTOBAKTERIN, azotogen-tarkibida mikroorganizmlar (azotobakter) boʻlgan bakterial oʻgʻit; azotobakter atmosferadagi azotni oʻzlashtirib, uni oʻsimlik oson oʻzlashtira oladigan shaklga aylantirib beradi. Tuproqli Azotobakterin (bunda neytral tuproq substrat vazifasini oʻtaydi) hamda agarli Azotobakterin (substrat — agar-agar) farq qilinadi. Tuproqli Azotobakterin qoʻllaniladigan joyda tayyorlanadi. Buning uchun Azotobakterin chirindi moddasiga boy boʻlgan tomorqa yoki bogʻ tuprogʻida koʻpaytiriladi. Azotobakterin maxsus z-d va lab. larda torfli, chirindili yoki agarli preparat holida tayyorlanadi. Azotobakterin dukkaksiz oʻsimliklarning azotli oziqlanishini yaxshilash uchun madaniylashgan, neytral reaksiyali hamda tarkibida yetarli miqdorda fosfor boʻlgan tuproqqa urugʻlik bilan birga solinadi. 1 ga yerga sarflanadigan urugʻlik normasiga 3—6 kg Azotobakterin qoʻshiladi (q. Azot toʻplovchi mikroorganizmlar, Bakterial oʻgʻitlar).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x