AZOT FTORIDLARI — rangsiz, uziga xos hidli gazlar. Ularga azot triftorid (NF3), tetraftorgidrazin (N2F4), diftoramin (NF2H), diftordiazin (N2F2), nitrozil ftorid (FNO), nitril ftorid (FNO2), triftoraminoksid (NOF3), xlordiftoramin (NC1F2), ftoramin (NH2F), dixloftoramin (NC12F) va b. kiradi. Baʼzan ftorazid (N3F) va nitroksiftorid (NO3lap ham Azot ftoridlariga kiritiladi. Azot ftoridlari — kuchli oksidlovchilardir. Azot triftorid va nitrozil ftoriddan boshqalari termodinamik jihatdan beqaror. Azot ftoridlari organik moddalar sintez qilishda, tetraftorgidrazin esa suyuq yonilgʻi bilan ishlaydigan raketalarda yonilgʻini oksidlovchi vosita sifatida qoʻllaniladi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые