AZOR OROLLARI

AZOR OROLLARI (portugalcha Ilhas dos Acores — Qarchigʻaylar oroli) — Atlantika okeanining shim. qismidagi arxipelag. Pireneya ya. o. dan gʻarbda. Portugaliya tarkibida. 9 ta yirik orol va kelib chiqishi vulkanik boʻlgan bir qancha riflardan iborat. Gʻarbdan sharqqa qariyb 600 km ga choʻzilgan. Mayd. 2,3 ming km2. Relyefi togʻli, bal. 2351 m gacha (Piku o. dagi Piku togʻi). Tez-tez zilzila boʻlib turadi. Issik, va qaynoq suvli hamda mineral buloq koʻp. Iqlimi subtropik, dengiz iqlimi; yanv. ning oʻrtacha t-rasi 14°, iyulning t-rasi 22°; yillik oʻrtacha yogʻin 800 mm chamasida. togʻ yon bagʻirlari oʻrmonlar bilan qoplangan, makvis chakalakzorlari bor. 1431—53 y. larda Azor orollariga portugallar borib oʻrnashgan. Aholi sitrus oʻsimliklar oʻstirish, tokchilik, ananas, banan yetishtirish bilan shugʻullanadi. Azor orollari Trans-Atlantika havo va dengiz yoʻllari kesishgan joyda. Asosiy portlari: Ponta-Delgada, Orta.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x