AZOKSIBIRIKMALAR — sariq kristall moddalar. Tarkibida azoksiguruh boʻlgan organik birikmalar; spirtda, efirda yaxshi eriydi, suvda erimaydi. Azoksibirikmalarning rangi ularning tarkibida azoksiguruh borligidandir. Elektrolitik usulda qaytarilsa, azobirikmalarga, konsentrlangan sulfat kislota taʼsirida esa oksiazobenzollarga aylanadi. Sanoatda Azoksibirikmalar nitrozobirikmalarga arilgidroksilaminlar taʼsir ettirib olinadi. Azobenzol va benzin olish uchun ishlatiladi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые