Mana soat tungi o`n ikki,
Mening jonim kelmadi,
Mana yana kelmadi erta.
Har kun bir gap: ushlanib qoldi,
Telefoni o`tirib,
Menga aytolmay qoldi yana.
Mana, mana, yana man,
Man sani kutaman.
Dasturxon yozib-yozib,
Qadamingni kutaman.
Bugun “gap”mi yoki osh-posh?
Kirib kelasan
Ikkida yo uchda, saharda.
Bo`ldi-da-da-da!
Ta-la pa-pi-ya,
Eshiklar yopiladi,
Keyingi bekat
Endi ko`cha bo`ladi.
Baribir menga
Bahonalar o`tmaydi.
Eshiklar yopiladi,
Uy 10 da bekiladi.
DAN xodimi oldimi vaqting?
Yana kim kasal bo`ldi,
Kimda o`g`il tug`ildi yana?
Telefon qilmasin do`stlaring,
Holatingni ko`rsatib,
Vaziyatni anglatib menga.
Mana, mana, yana man,
Man sani kutaman.
Dasturxon yozib-yozib,
Qadamingni kutaman.
Bugun “gap”mi yoki osh-posh?
Kirib kelasan
Ikkida yo uchda, saharda.
Bo`ldi-da-da-da!
Ta-la pa-pi-ya,
Eshiklar yopiladi,
Keyingi bekat
Endi ko`cha bo`ladi.
Baribir menga
Bahonalar o`tmaydi.
Eshiklar yopiladi,
Uy 10 da bekiladi. (x2)
Ushbu qo`shiq matni uchun Bayram O`serov (bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz.