Tarjimai hol
Rustam Sodiqovich Azimov (20 sentabr 1958 yil, Toshkent) — 2000 yil 1 avgustdan O‘zbekiston Bosh vazirining o‘rinbosari, 2005 yil 11 fevraldan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vaziri, 2000 yil 8 noyabrdan 2002 yil 24 dekabrgacha makroiqtisodiyot va statistika vaziri, 2003 yil 22 yanvardan 2005 yil 25 iyulgacha O‘zbekiston iqtisodiyoti vaziri, 2000 yildan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi rasmiy a’zosi. Qishloq aholisini ichimlik suvi va tabiiy gaz bilan ta’minlash Dasturini amalga oshirish bo‘yicha Respublika komissiyasi raisi, Korxonalarning bankrotlik va sanatsiyasi masalalari bo‘yicha Xukumat komissiyasi raisi, Kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni qo‘llab qo‘vvatlash bo‘yicha Respublika muvofiqlashtirish kengashi raisi.
Tarjimai holi
Rustam Azimov bir qancha oliy ta’lim muassasalarini tamomlagan, jumladan, Toshkent Davlat universiteti va Toshkent irrigatsiya muhandislari va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash instituti, magistraturaga Oksford universitetida ta’lim olgan.
Faoliyati
• Ish faoliyatini “Foton” zavodida moslashtiruvchilikdan boshlagan, so‘ngra turli boshqa lavozimlarda ishlagan.
• 1990 — «Ipak yuli» banki boshqaruvi raisi
• 1991 dan 1998 gacha — Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki boshqaruvi raisi. Bir vaqtni o‘zida, 1992 yildan — Yevropa rekonstruktsiya va taraqqiyot banki boshqaruvchisi.
• 1998 dan — O‘zbekiston Respublikasi moliya vaziri (11 fevral 2000 yili Oliy majlis sessiyasi tomonidan moliya vaziri etib qayta tasdiqlangan).
• 1 avgust 2000 — Bosh vazir o‘rinbosari — O‘zbekiston Respublikasi moliya vaziri — Umumiqtisodiy kompleks rahbari.
• 8 noyabr 2000 — O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazir o‘rinbosari— makroiqtisodiyot va statistika vaziri va bosh vazir o‘rinbosarlik lavozimidan ozod etilgan — O‘zbekiston Respublikasi moliya vaziri.
• 2000—2005 — Bosh vazir o‘rinbosari — O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot vaziri — Umumiqtisodiy kompleks rahbari.
• 4 fevral — 25 iyul 2005 yil — Bosh vazir birinchi o‘rinbosari — Iqtisodiyot vaziri, iqtisodiy kompleks hamda iste’mol tovarlari va tijorat kompleksi rahbari.
• 25 iyul — 22 noyabr 2005 yil — O‘zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va tijorat vaziri.
• 22 noyabr 2005 — O‘zbekiston Respublikasi moliya vaziri.
• 29 dekabr 2007 — Vazirlar Maqkamasi raisi birinchi o‘rinbosari-Moliya vaziri — iqtisodiyot va tashqi iqtisodiy aloqalr kompleksi rahbari.
• 2001 yildan — Qishloq aholisini ichimlik suvi va tabiiy gaz bilan ta’minlash Respublika komissiyasi raisi.
• 2001 yildan — Korxonalarning bankrotlik va sanatsiyasi masalalari bo‘yicha Hukumat komissiyasi raisi.
• 2001 yildan — Kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni qo‘llab qo‘vvatlash bo‘yicha Respublika muvofiqlashtirish kengashi raisi.
• 2016 yil O‘zbekiston Respublikasi moliya vaziri lavozimidan olib tashlangan.
• 2017 yil Vazirlar Mahkamasi birinchi o‘rinbosari — moliya va tashqi ekonomik aloqalar Kompleks boshqaruvchisi lavozimidan olib tashlangan.
• 2017 yil iyun oyidan “O‘zbekinvest” eksport-import milliy sug‘urta kompaniyasi Bosh direktori etib tayinlangan.