AZIMOV Akbar (1885 – Toshkent — 1969) — yogʻoch oʻymakori, naqqosh. Otasi Saidazim Islomovdan hunar oʻrgangan. U oʻymakorlikdagi anʼanalarni davom ettirib, muqarnas va sharafalarni turli shakldagi taxtachalardan yigʻib, ularga naqsh berishda uziga xos usuli bilan tanilgan. A. Oʻzbekistonda oʻtkazilgan koʻrgazmalarda oʻz asarlari bilan qatnashgan. Ishlaridan namunalar Oʻzbekiston davlat sanʼat muzeyida saqlanmoqda.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые