Azimedс рецептом

Allergik reaktiyalar.

Eritromitsin va boshqa makrolid antibiotiklar bilan bo‘lgani kabi, kam uchraydigan jiddiy allergik reaktiyalar, shu jumladan angionevrotik shishi va anafilaksiya (yakka hollarda – o‘lim bilan yakunlangan) to‘g‘risida xabar berilgan.

Azitromitsinga bog‘liq bo‘lgan bu reaktiyalardan ayrimlari, qaytalanuvchi simptomlar chaqirgan va davomliroq kuzatish va davolashni talab qilgan.

Jigar faoliyatini buzilishi.

Jigar azitromitsinni chiqarilishida asosiy yo‘l ekanligi tufayli, jigarning jiddiy kasalliklari bo‘lgan patsiyentlarga azitromitsinni ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak.

Fulminant gepatit hollari haqida xabar berilgan, u azitromitsin qabul qilinganda jigar faoliyatini hayot uchun xavfli buzilishini belgilaydi.

Ehtimol, azitromitsin qabul qilinganda ayrim patsiyentlarning anamnezida jigar kasalliklari bo‘lgan yoki ular boshqa gepatotoksik dori vositalarini qo‘llaganlar.

Jigar disfunktiyalar simptomlari va belgilari, masalan, tez rivojlanuvchi va sariqlik, siydik rangnini to‘qlashishi, qon ketishlarga moyillik yoki jigar entefalopatiyasi bilan kechuvchi asteniya rivojlangan hollarda jigar faoliyatining tahlillari/sinamalarini o‘tkazish kerak.

Jigar faoliyatini buzilishlari aniqlangan hollarda azitromitsinni qo‘llashni to‘xtatish kerak.

Preparat laktoza saqlaydi, buni laktaza yetishmovchiligi, galaktozemiyasi yoki glyukoza galaktozani so‘rilishini buzilishlari sindromi bo‘lgan patsiyentlar hisobga olishlari kerak.

Shoxkuya.

Shoxkuya hosilalarini qabul qilayotgan patsiyentlarda, makrolid antibiotiklarni bir vaqtda qo‘llash ergotizmni tez rivojlanishiga olib keladi.

Shoxkuya va azitromitsin orasida o‘zaro ta’sir bo‘lishi mumkinligi haqida ma’lumotlar yo‘q.

Lekin nazariy jixatdan ergotizm bo‘lishi mumkinligi tufayli, azitromitsinni shoxkuya hosilalari bilan bir vaqtda buyurish mumkin emas.

Superinfektiyalar.

Boshqa antibiotiklar bilan bo‘lgani kabi, sezgir bo‘lmagan organizmlar, shu jumladan zamburug‘lar tomonidan chaqirilgan superinfektiya belgilari bo‘yicha kuzatuv o‘tkazish tavsiya etiladi.

Deyarli barcha antibakterial preparatlar, shu jumladan azitromitsin qabul qilinganda, Clostridium difficile – assotsiatsiyalangan diareya (CDAD) haqida xabar berilgan, uning jiddiyligi kuchsiz ifodalangan diareyadan, o‘lim bilan yakunlangan kolitgacha bo‘lgan.

Antibakterial preparatlar bilan davolash yo‘g‘on ichakning normal florasini o‘zgartiradi, bu S.

difficile ni xaddan ziyod o‘sishiga olib keladi.

S.

difficile A va V toksinlarni ishlab chiqaradi, ular CDAD ni rivojlanishiga yordam beradi.

Toksinlarni ko‘p hosil qiluvchi S.

difficile shtammlari kasallanishning yuqori darajasi va o‘limning sababi hisoblanadi, chunki bu infektiyalar mikroblarga qarshi davolashga rezistent bo‘lishlari va kolektomiya o‘tkazishni talab qilishlari mumkin.

Antibiotiklarni qo‘llash oqibatida diareyasi bo‘lgan barcha patsiyentlarda CDAD rivojlanishi mumkinligini ko‘rib chiqish kerak.

Kasallik tarixini sinchiklab olib borish kerak, chunki CDAD, antibakterial preparatlar qabul qilgandan keyin 2 oy davomida namoyon bo‘lishi mumkin.

Buyrak faoliyatini buzilishi.

Buyrakning jiddiy disfunktiyasi bo‘lgan patsiyentlarda (kalava filtratsiyasini tezligi < 10 ml/min), azitromitsinning tizimli ekspozitsiyasini 33% ga oshishi kuzatilgan. Yurak aritmiyasi va qorinchalarning lipillashi-xilpillashini (torsade de pointes) rivojlanishi xavfini oshiruvchi yurak repolyarizatsiyasi va QT intervalini uzayishi boshqa makrolid antibiotiklar bilan davolashda ham kuzatilgan. Azitromitsinning bunday samarasini yurak repolyarizatsiyasini uzayish xavfi yuqori bo‘lgan patsiyentlarda butunlay inkor etish mumkin emas, shuning uchun quyidagi patsiyentlarga preparatni ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak: QT intervalini tug‘ma yoki qayd etilgan uzayishi bo‘lgan patsiyentlar; QT intervalini uzaytirishi ma’lum bo‘lgan boshqa faol moddalar, masalan, IA (kvinidin va prokainamid) va III (dofetilid, amiodaron va sotalol) sinfi antiaritmik preparatlar, tizaprid va terfenadin, pimozid kabi neyroleptik vositalar; titalopram kabi antidepressantlar, shuningdek moksifloksatsin va levofloksatsin kabi ftorxinolonlarni qo‘llash bilan hozir davolanayotganlar; elektrolit almashinuvini buzilishlari bo‘lgan, ayniqsa gipokaliyemiya va gipomagniyemiya bo‘lganda; klinik relevant bradikardiya, yurak aritmiyasi yoki og‘ir yurak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlar. Gravis miasteniyasi. Azitromitsin bilan davolanayotgan patsiyentlarda gravis miasteniyasi simptomlarini zo‘rayishi yoki miastenik sindromni yangi rivojlanishi haqida xabarlar bor. Streptokokkli infektiyalar. Azitromitsin umuman og‘iz-xalqumning streptokokkli infektiyasini davolashda samarali, revmatik atakalarni oldini olishga nisbatan azitromitsinning samaradorligini namoyish qiladigan hech qanday ma’lumotlar yo‘q. Agar infektiyani rivojlanishini anaerob mikroorganizmlar chaqirgan deb taxmin qilinsa, azitromitsin bilan majmuada anaerob faollikka ega bo‘lgan mikroblarga qarshi preparatni qabul qilish kerak. Boshqalar. Bolalarda Mycobacterium Avium Complex ni oldini olish yoki davolash uchun xavfsizligi va samaradorligi aniqlanmagan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x