AZIDLAR

AZIDLAR — kimyoviy birikmalar, tarkibida bir yoki bir necha — N3 guruhi boʻlgan azid kislota hosilalari. Anorganik Azidlarga azid kislota tuzlari [mas, natriy azid NaN3, qoʻrgʻoshin azid (PbN3)2], galogenazidlar (mas, xlor-azid C1N3) va b. kiradi. Koʻpchilik anorganik Azidlar yengil zarblanish yoki ishqalanish natijasida nam holda boʻlishiga qaramay portlash xossasiga ega (mas, qoʻrgʻoshin azid portlash xossasini kuchaytiruvchi modda sifatida qoʻllaniladi). Azid kislota va uning boshqa tuzlarini olishda odatda suyuqlantirilgan natriy amid orqali azot (I)-oksid oʻtkazish yoʻli bilan olinadigan natriy azid xom ashyo boʻlib xizmat qiladi. Barcha organik Azidlar, alkil va aril (umumiy formulasi RN3) yoki atsil maʼlum darajada portlovchi moddalar xossasiga ega. Nitroguanilazid (HNqCNHNO2)N3 organik Azidlarga misol boʻla oladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x