AZARXOʻRRO — muqaddas olov. Otashparastlik (zardushtiylik) dinidagi qad. xalqlar Azarxoʻrroga sigʻinishgan. Mil. av. 6—5-a. lardan to islom dini tarqalgunga qadar otashparastlar oʻrtasida A. ga eʼtiqod juda kuchli boʻlgan. Azarxoʻrro har bir mamlakat va shaharda maxsus joylarda saqlanib, kechayu kunduz yonib turgan. Azarxoʻrroning eng moʻtabari Xorazmda boʻlgan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые