A’zamov G‘ani

Tarjimai hol

G‘ani A’zamov — mashhur o‘zbek kino va teatr aktyori. O‘zbekiston xalq artisti. 1930 yildan Toshkentdagi Hamza nomidagi teatr aktyori. 1909 yil 7 yanvar kuni Toshkent shahrida tug‘ilgan.

Eng qizig‘i, G‘ani A’zamov aktyor bo‘lishidan avval tramvay haydovchisi bo‘lib ishlagan. U hech qachon Oliy o‘quv yurtida o‘qimagan. Katta sahnalarda kichik epizodik rollar ijro etib, u asta-sekin san’at olamiga kirib kelgan.

O‘zining 60-yillik ijodiy faoliyati davomida G‘ani A’zamov buyuk ustozlar qo‘lida doimiy ravishda san’at sirlarini o‘rganib kelgan. O‘z ustida tinimsiz ishlashi va ijodiy izlanishlari natijasida mukammal obrazlar yaratishga erishib, tomoshabinlarning mehriga sazovor bo‘lish barobarida, o‘zbek teatr san’atining ulkan namoyandalari qatoridan mustahkam o‘rin egallaydi.

G‘ani a’zamov nafis, go‘zal obrazlar yaratish bilan birga, qat’iy obrazlarni jumladan, “Alisher Navoiy” spektaklida Izzat Sultanov, Uyg‘un dramasidagi Munajjima, S.Azimovning “Haqiqiy sevgi” pesasida Arslonsher, Abdulla Qahhorning “So‘nggi namuna” pesasida Yusuf, Nikolay Gogolning “Revizor”ida Bobchinskiy, Vilyam Shekspirning “Ikki veroniyalik” komediyasida Launs kabilarni gavdalantirgan. U o‘ynagan rollari professional aktyorlik mahoratining ajoyib namunasi hisoblanadi.

G‘ani A’zamov yaratgan Oybekning “Qutlug‘ qon” asaridagi Qamar, Sarvar Azimovning “Qonli sarob” asaridagi Omonyor, Erkin Vohidvning “Oltin devor” komediyasidagi Mo‘min siymolarisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi.

G‘ani A’zamov ham yumoristik, ham dramatik, ham lirik rollarning iqtidorli ijrochisi. Shu o‘rinda, Hamzaning «Boy ila xizmatchi» asaridagi Domla imom obrazi uning ijodida yorqin sahifa ochdi.

G‘ani A’zamov 1935 yildan kinoda ham suratga tusha boshladi va «O‘zbekfilm» kinostudiyasida dunyoga kelgan qator kinofilmlarda esda qolarli obrazlar yaratdi.

Aktyor «Nashtar» hajviy kinojurnali tashkil etilgandan so‘ng, uzoq yillar davomida Xo‘ja Nasriddin obrazini ijro etgan. 1961 yil «O‘zbekiston xalq artisti» faxriy unvoniga sazovor bo‘lgan va bir necha orden va medallar bilan mukofotlangan.

2001 yil vafot etgan.

Kinodagi rollari

1991 — Birinchi bo‘sa (qisqametrajli)

1990 — Ajoyib ayol

1982 — General Xolmatning buvisi

1978-1984 — Olovli yo‘llar — mulla

1978 — Shoir yuragi | Film 1 (1-4 qism)

1979 — Haqiqatni izlab | Film 2 (5-8 qism)

1984 — Mening Respublikam | Film 5 (15-17 qism)

1978 — Senga shaharni hadya etaman

1978 — Oshpaz va qo‘shiqchi

1975 — Xolva ta’mi: epizod

1974 — Yo‘lbars kerak

1974 — Abu Rayxon Beruniy

1973 -Mehribonim

1973 — Uchrashuv va Ayriliq: epizod

1972 — Semurg‘: epizod

1972 — Bu yaxshi yigit

1971 — Sevgi drammasi: epizod

1969 — Qari ustaning vasiyati

1969 — Merosxo‘r

1969 — Sevishganlar

1967 — Toshkent — non shahri

1966 — Ikki yurak qissasi

1964 — Qayerdasan, Zulfiyam?

1960 — Mahallada duv-duv gap

1958 — Maftuningman

1956 — Qutlug‘ qon

1956 — Ibn Sino

1953 — Boy ila xizmatchi

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x