AYYUB SHAHRISABZIY (toʻliq ismi Mir Xoja Ayyub Abulbaraka Shahrisabziy) (15 – a. oxiri — Shahrisabz – 16 – a. oʻrtalari) — oʻzbek shoiri, musiqa nazariyotchisi. Turkiy va forsiyda ijod qilgan. Sheʼrlari mutoyibaga boy, rindlik ruhi bilan ajralib turadi. Navoiy («Majolis unnafois»da), Sodiqbek Kitobdor («Majma ul-xavois»da) Ayyub Shahrisabziyning sheʼriyat va musiqashunoslikdagi isteʼdodini yuksak baholaganlar. Uning musiqiy iqtidoriga Darvishali Changiy («Tuhfat us-suru» — «Risolai musiqiy») ham yuqori baho bergan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые