Seziladi, yurak dardi seziladi,
Qiynaladi, sog`inganda eziladi,
Oy nurining jimjit fayzi bo`ladi,
Oyning yuzidan tunda yog`du yog`adi,
San yer yuzining u cheti, man bu chetida,
Bir amallab ko`rishmasak bo`lmaydi.
Dod solaman, dod-ey, dod-ey,
Mani sandan boshqasiga tortmaydi.
Oh uraman, yor-ey, yor-ey,
Ertagayoq ko`rishmasak bo`lmaydi.
Cho`ziladi, xayollarim cho`ziladi,
Ko`z o`ngimda sahro-cho`llar keziladi,
Bilinadi, sening o`rning bilinadi,
Sansizlikda bag`ri-dilim tirnaladi.
Dod solaman, dod-ey, dod-ey,
Mani sandan boshqasiga tortmaydi.
Oh uraman, yor-ey, yor-ey,
Ertagayoq ko`rishmasak bo`lmaydi. (x1+x2)