AYUQA (1647 — 1724) — qalmiqlar xoni. Hokimiyat tepasiga 1672-y. kelib Volga boʻylaridagi barcha qalmiqlarni birlashtirgan va oʻz mulkini ancha kengaytirgan. Rossiya hukumati Ayuqa mi xon deb 1712-y. tan olgan. Ayuqa dam Jungʻariya, dam Rossiyaga yon bosib turgan, baʼzan esa rus yerlariga chopqunlar uyushtirgan. Chorizm Kuy i Volga boʻyida oʻz mavqeini mustahkamlash maqsadida Ayuqani qoʻllabquvvatlagan va uning harbiy kuchlaridan Ashtarxon qoʻzgʻoloni (1705 — 06) va Bulavin qoʻzgʻoloni (1707 — 08)ni bostirishda, shuningdek Shimoliy urush (1700 — 21)da foydalangan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые