Tarjimai hol
Chingiz Torekulovich Aytmatov (qirg‘. Chiңgiz Tөrөkulovich Aytmatov; 12 dekabr 1928, Sheker, Talass o‘lkasi, Qirg‘iziston ASSR, Rossiya Sovet Ittifoqi federal sotsialistik respublikasi, SSSR — 2008 yil 10 iyun, Nyurnberg, Germaniya) — rus va qirg‘iz yozuvchisi, diplomat, Qirg‘iziston Respublikasi Qahramoni (1997), Qirg‘iziston SSR xalq yozuvchisi (1974), Qirg‘iziston SSR FA akademiki (1974), Jamiyatshunoslik mehnat qahramoni (1978). Lenin (1963) hamda SSSRning uchta Davlat mukofotlari laureati (1968, 1977, 1983).
Tarjimai xol
Chingiz Aytmatov 1928 yil 12 dekabrda Qirg‘izistonning Talas vodiysidagi Shakar ovulida tug‘ilgan. Uning otasi Torekul Aytmatov (1903—1938) avvaliga faol dehqon, so‘ngra sovet hamda partiya ishchisi, Qirg‘iz SSSR Davlat arbobi bo‘lgan, lekin 1937 yil hibsga olinib, 1938 yil otib tashlangan. Onasi — Nagima Xamziyeva Abduvaliyeva (1904 — 1971), millati — tatar, armiya siyosiy ishchisi, keyinchalik jamoat arbobi bo‘lgan. Chingiz, uning akalari va singillari otasining qistovi bilan uning o‘limidan oldin Shekerga ko‘chib kelishgan va shu yerda ulg‘ayishgan.
Sakkiz sinfni bitirib, zootexnikumga o‘qishga kiradi va a’lo baholarga bitiradi. 1948 yil Frunzedagi Qirg‘iz qishloq-xo‘jalik institutiga o‘qishga kirib, 1953 yil tamomlaydi. 1952 yil qirg‘iz tilidagi hikoyalarini tez-tez bosma nashrda chop eta boshlaydi. Institutni tamomlagach, uch yil davomida veterinar bo‘lib ishlash bilan birga, yozuvchilik ham qilib, hikoyalarini nashrdan chiqaradi. 1956 yil Moskva Oliy adabiyot kurslariga o‘qishga topshiradi (1958 yil tamomlagan). 1957 yil iyun oyida qirg‘iz tilidagi “Yuzma-yuz” hikoyasi “Ala-Too” jurnalida bosib chiqarilgan. “Jamila” qissasi esa bosma nashrdan ilk bor 1957 yil Lui Aragon tarjimasi bilan fransuz tilida chop etilgan. Shu yili uning hikoyalari “Yangi dunyo” jurnalida nashr qilingan, “Jamila” qissasi ham rus tilida chop etilib, Aytmatovga olamshumul mashhurlik olib kelgan. 1959 yildan Sovet Ittifoqi Kommunistik Partiyasi a’zosi
“Jamila”dan so‘ng shuningdek, “Bo‘tako‘z” (1960), “Birinchi muallim” (1961), “Momo yer” (1963) hikoyalari hamda “Tog‘ va adirlar hikoyasi” to‘plami bosma nashrdan chiqqan. “Tog‘ va adirlar hikoyasi” to‘plami uchun yozuvchi Lenin mukofotiga sazovor bo‘lgan. Mazkur asarlarning barchasi bir vaqtning o‘zida ham rus, ham qirg‘iz tillaridan chop etilgan. “Birinchi muallim” hikoyasi “Mosfilm” kinostudiyasida Andrey Konchalovskiy tomonidan ekranlashtirilgan. “Bo‘tako‘z” hikoyasini esa L. Shepitko ekranlashtirgan bo‘lib, Kemal rolini Bolot Shamshiyev ijro etgan. Keyinchalik Chingiz Aytmatov asarlari asosida film suratga olish bo‘yicha Shamshiyev eng yaxshi rejissyorlardan biriga aylangan.
“Alvido, Gulsara!” hikoyasi (1968) muallifga Davlat mukofotini olib kelgan. “Oq kema” romani (1970) rus tilida chop etilib, uzoq yillar davomida dunyo miqyosida Chingiz Aytmatovning eng mashhur asarlari sirasidan joy egallaydi. Mazkur asarni ekranlashtirish Venetsiyada bo‘lib o‘tgan, Berlin xalqaro kinofestivalida ilk bor tomoshabinlar ixtiyoriga havola etilgan. Yozuvchi Chingiz Aytmatovning qozoq dramaturgi Katay Muhamedjanov bilan hamkorlikdagi ishi — “Fudziyamadagi uchrashuv” (1973) sahna asari hanuz Qozog‘iston teatr sahnalaridan tushmagan. “Erta qaytgan turnalar” (1975) qissasi uchun yozuvchi Toktogul nomidagi mukofotga sazovor bo‘lgan.
1973 yil 31 avgust kuni Chingiz Aytmatov sovet yozuvchilari guruhi bilan “Pravda” gazetasi nashriyotiga Soljenits va Saxarov haqida xat yozishadi.
1977 yil “Dengiz yoqalab chopayotgan Olapar” qissasi chop etilib, Germaniya Demokratik respublikasining eng sevimli asariga aylangan, keyinroq, nemis va rus kinematografiyachilari tomonidan ekraklashtirilgan.
1978 yil yozuvchi Jamiyatshunoslik Mehnat Qahramoni sharafiga musharraf bo‘lgan. 1980 yil “Asrga tatigulik kun” romani chop etilib, u uchun muallif ikkinchi marotaba Davlat mukofotiga sazovor bo’ladi.
SSSR paytida chop etilgan so‘nggi asari “Qiyomat” (1986). Germaniya Federal respublikasiga tashrifi chog‘i Chingiz Aytmatov Fridrix Xitser bilan tanishadi, natijada, nemis tarjimoni yozuvchining ish olib boruvchisi va yaqin insoniga aylanib qoladi. Ijodkorning do‘sti u bilan 2007 yil yanvar oyigacha ishlab, to‘satdan yurak hurujidan vafot etadi.
Chingiz Aytmatovning sovet vaqtidan keyingi barcha asarlari Fridrix Xitser tarjimonligi ostida “Unionsverlag” shveytsariya nashriyotida nemis tilida chop etilgan. Fridrix Xitserning o‘limidan so‘ng uning yozuvchi bilan uzoq yillik faoliyati, ijodga bo‘lgan muhabbati va sadoqati uchun unga Chingiz Aytmatov xalqaro mukofoti berilganligi 2011 yil Londonda qayd etilgan.
Sovet davridan so‘ng chet elda chop etilgan kitoblari: “Chingizxonning oq buluti” (1992), “Kassandra tamg‘asi” (1994), “Ertaklar” (1997). “Qirg‘izistondagi bolalik” (1998) va “Tog‘lar qulaganda” (“Abadiy kelin”) 2007 yil nemis tiliga tarjima qilinib, “Oppoq qoplon” nomini olgan. Bu Aytmatovning so‘nggi asari bo‘lgan. 1998 yil yozuvchi tavalludining 70-yilligini nishonlar ekan, yana bir karra Qirg‘ziston Qahramoni sharafiga loyiq topilib, ona vatanida Xalq yozuvchisi unvoniga sazovor bo‘lgan.
1990 yil Lyuksemburgning Buyuk Gertsogligida SSSR elchixonasiga (1992 yildan Rossiya Federatsiyasi Elchixonasi) boshchilik qilgan, 1994 yildan 2006 yilgacha Benilyuks, Belgiya, Lyuksemburg va Niderlandiya mamlakatlarida Qirg‘iziston elchisi.
2006 yil fikrdoshi Farxod Ustajalilov (Aytmatovning RFida ijtimoiy ishlar bo‘yicha yordamchisi) bilan birga “Cheksiz suhbat” nomli Chingiz Aytmatov xayriya fondini yaratadi. Mazkur fond doirasida “Cheksiz dunyo” loyihasi, shuningdek, sobiq SSSR mamlakatlarida rus tilini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash loyihalari ishlab chiqilgan.
(1966-1989 yillar) Qirg‘iz SSR tomonidan SSSR Oliy Sudi Millatlar kengashining 7-11 chaqiruvlar deputati. Qirg‘iz SSRning 330-sonli Frunzensk-Pervomaysk ma’muriyatidan Oliy Kengashning 9-chaqiruviga saylangan, Millatlar kengashining tashqi ishlar hay’ati a’zosi. SSSR Xalq deputati (1989- 1991 yillar), SSSR Prezidentlik kengashi a’zosi, Qirg‘iziston markaziy qo‘mitasi Kompartiyasi a’zosi, SP SSSR va SK SSSR kotibiyati a’zosi, Qirg‘iz SSR Tergov qo‘mitasi boshqarma raisi, Osiyo va Afrika mamlakatlari o‘rtasidagi birdamlikni qo‘llash ittifoqi qo‘mitasining boshqaruvchilaridan biri, “Xorijiy adabiyot” jurnali muharriri, “Issiq Ko‘l forumi” xalqaro intellektual harakati tashabbuskori.
SSSR Oliy Kengashi a’zosi bo‘lib, 1990 yil mart oyida S.Gorbachyov Prezidentlikka o‘tirgan vaqti nomzodlik nutqini so‘zlash uchun saylangan.
Yozuvchi hayotining so‘nggi yiliga kelibgina, unga Nobel mukofotini berish masalasi ilgari turib, da’vogarlik qo‘mitasi Turk hukumatini yaratadi, zero, Aytmatov “ularning fikricha, turkiy tilda ijod qilgan zamonasining yirik ijodkori” bo‘lgan.
Ijodkor 2008 yil 10 iyun kuni Germaniyaning Nyunberg shahri kasalxonasida davolanayotganida vafot etgan. 14 iyun kuni Bishkek shaharchasidagi “Ata Beyit” tarixiy-memorial majmuaga dafn etilgan.
Ikki marotaba uylangan. Ikkinchi xotini — Mariya Urmatovna. Aytmatovning birinchi turmushidan ikki nafar o‘g‘li (Sanjar va Askar — Qirg‘izistonning xorijiy ishlar bo‘yicha sobiq vaziri) bor. Eldor ismli o‘g‘li va qizi Shirin ikkinchi turmushidan. Shuningdek, birinchi xotinidan to‘rt nafar nevarasi ham bor.
Xotira
• Bishkekdagi shahar bog‘i, rus dramatik teatri uning sharafiga nomlangan. Kelajakda Qirg‘iziston poytaxtida Aytmatovning muzeyi ochilishi rejalashtirilgan.
• 2008 yil oktyabr oyida Issiq Ko‘lning shimoliy qirg‘og‘idagi Cho‘lpon otada Chingiz Aytmatov haykali ochilgan.
• Litva zarbxonasida Qirg‘iziston milliy banki kelishuv imzolab, unga ko‘ra, “Chingiz Aytmatov”, “Jamila”, “Birinchi muallim”, “Ona yer”, “Alvido, Gulsara” va “Oq kema” nomli oltitta kollektsion kumush tangalar bosib chiqarilgan.
• Yozuvchining ismi bilan Bishkek, Qozon, Anqara, Baku, Ostona shaharlaridagi ko‘chalar nomlangan.
• 2007 yil Aytmatovga bag‘ishlangan Qirg‘iziston markasi muomalaga kirgan.
• 2011 yil Bishkekdagi Ala-Too maydoniga yozuvchining haykali o‘rnatilgan.
• 2011 yil Londonda Chingiz Aytmatov Xalqaro mukofoti ta’sis etilgan. Unga professor Rahima Abduvaliyeva asos solgan bo‘lib, mukofotlar sovrindorlarga Aytmatov Akademiyasi tomonidan yozuvchining tavallud kuni topshiriladi.
• 2013 yil Moskvadagi xorijiy adabiyot kutubxonasi atriumida Chingiz Aytmatovning haykal-byusti ochilgan, u RF xalq rassomi Georgiy Frangulyanning ishi.
• 2014 yil “Aeroflot” yangi laynerlaridan biri Boing 737-800ni Chingiz Aytmatov sharafiga nomlagan.
• 2014 yil Anqara shahrida Chingiz Aytmatov haykali ochilgan.
• 2015 yil Moskva shahrining Lyusinovsk va Katta Serpuxovsk ko‘chalari chorrahasida Chingiz Aytmatov nomidagi xiyobon yaratilgan.
• 2016 yil balandligi 2,5 metr, kengligi 1,25 metrni tashkil qiluvchi Chingiz Aytmatovning eng katta portreti yaratilgan bo‘lib, u qo‘lda tikilgan. Portret “String Art” uslubida bajarilgan. Loyiha muallifi “Uluu Kirgiz IZI” (“ulug‘ Qirg‘iz izi”) Azamat Djanaliyev @AzamatDzhanaliev.
• 2016 yil Bishkek shahrida #ONE MAGAZINE AWARDS 2016 yillik mukofotlash marosimi bo‘lib o‘tgan. Chingiz Aytmatovning o‘limidan so‘ng unga ulkan yutuqlari hamda ijtimoiy, madaniy hayot va ilm-fan rivoji uchun qo‘shgan katta hissasi uchun “Avlodlarni ulug‘lash” deb nomlangan bosh mukofot topshirilgan.
• 2017 yil Moskva shahrining Janubiy ma’muriy okrugida Pavlovsk va Podolsk katta yo‘llari chorrahasida Chingiz Aytmatov nomidagi xiyobon yaratilgan.