Ayoq kiyim tozaligi qanday qilinadi

Qish fasli poyabzalning sifatini bilish uchun juda qulay vaqt. Chunki yog’in-sochinli kunlarga har qanday turdagi poyabzal ham bardosh berolmaydi. Albatta, oyoq kiyimi uzoq vaqt xizmat qilishida sifatidan tashqari, unga ko’rsatayotgan e’tiboringiz ham muhim.

Tabiiy charm. Uni har kuni quruq mato bilan arting. Agar juda iflos (loy) bo’lsa, suv bilan yuvish kerak. Undan so’ng poyabzal to’liq qurigach, yuziga krem surtasiz. Krem yaxshi singishi va poyabzalda yoriqlar paydo bo’lmasligi uchun tozalash ishlarini bir kun avval bajargan ma’qul. Qishki mavsum uchun tarkibida mum bo’lgan krem harid qiling. U charmni yumshatib, oson singiydi va suvni o’tkazmaydi. Haftada bir marta poyabzalingizga maxsus suv o’tkazmaydigan sprey bilan ishlov bering.

Laklangan. Bunday poyabzalni har kuni nam mato bilan arting. Agar loy yopishgan bo’lsa, uni spirt bilan tozalash kerak: u loyni emirmaydi. Haftada bir marta tarkibida mum bo’lgan krem bilan siylang. Krem tarkibida lanolin yoki glitserin bo’lishi lozim. Ular laklangan yuzani yorilishlardan asrovchi yupqa qatlam hosil qilib, poyabzalni yaltiratadi.

Sun’iy charm. Bunday hildagi oyoq kiyimini har kuni nam mato bilan arting. Agar yog’in-sochinli kun bo’lsa, kremlang. Lekin charm poyabzallar uchun mo’ljallangan kremdan foydalanish mumkin emas. Negaki tarkibidagi mum poyabzallarga singish o’rniga yupqa qatlam hosil qilib, loyni o’ziga tortadi.

Mayin charm (zamsh). Qora va jigarrang poyabzallarni nam latta bilan artish, boshqa ranglilarini esa kimyoviy tozalashga berish tavsiya etiladi. Bunday poyabzallarni maxsus cho’tka bilan tozalash kerak. Haftada bir marta maxsus suv o’tkazmaydigan sprey bilan ishlov bering. Agar har kuni yomg’ir yog’adiga bo’lsa, bu ishni haftada bir necha marta takrorlash lozim.

poyabzallarning dushmanlari:

Bolalar kremi. Ko’pchilik bolalar kremi poyabzal uchun eng yaxshi himoya deb o’ylaydi. Aslida bunday emas: u poyabzalni yupqa moyli qatlam bilan qoplab olib, chang va loyni o’ziga tortadi. Bundan tashqari, bolalar kremidan foydalanilganda charm juda yog’li bo’lib ketadi.
Isitish batareyasi. poyabzalni aslo isitish batareyasi usti yoki yonida quritib bo’lmaydi: charm tortilib, poyabzal kichrayib qolishi mumkin. poyabzalni quritish uchun uning ichiga gazeta tiqing, so’ngra batareyadan 30 sm uzoqlikka qo’ying.
Maxsus cho’tka (gubka). Doimiy ravishta gubkadan foydalanish mumkin emas. Uning tarkibidagi silikon poyabzal tez emirilishiga olib keladi.

loading…

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x