AYB EʼLON QILISH

AYB EʼLON QILISH — aybdor sifatida javobgarlikka tortish haqidagi qarorni ayblanuvchiga eʼlon qilish. Muayyan shaxs tomonidan qilingan jinoyat haqida yetarli dalil (asos) toʻplangandan soʻng OʻzR JPKning 46; 98—100 – va 110-moddalariga binoan qaror chiqarilib, unda ayblanuvchiga qoʻyilayotgan ayb aniq koʻrsatiladi. Ushbu qaror bilan tanishuv paytida ayblanuvchi oʻzining qanday jinoyat qilishda ayblanayotganini aniq bilib oladi va tushuntirish beradi. Ayb eʼlon qiluvchi shaxs ayblanuvchiga ayb hamda qoʻllanilayotgan qonun mazmunini uning oʻzini himoya qilish uchun zarur protsessual huquqlarini tushuntirib berishi shart. Ayblanuvchi mazkur qaror bilan tanishganligi uchun imzo chekadi. Soʻngra eʼlon qilingan aybning barcha bandlari boʻyicha qayta boshdan soʻroq qilinib, oʻz aybiga iqrormi, yoʻqmi ekanligi aniqlanadi. Tergov tugagunga qadar ayblanuvchining asosli qoʻshimcha iltimoslari bajariladi, vajlar tekshirib koʻriladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x