AXSIKAT

AXSIKAT — qad. shahar xarobasi. Namangan viloyati Toʻraqoʻrgʻon tumanidagi Shahand qishlogʻi hududida, Sirdaryoning oʻng sohilida joylashgan. Tarixiy maʼlumotlarga qaraganda, Axsikat shahri mil. av. 3 — 2-a. larda vujudga kelgan, 9 — 10 – a. larda Fargʻona vodiysining poytaxti boʻlgan. 1219-y. moʻgʻullar tomonidan butunlay vayron qilingan. Axsikatning eski oʻrnidan 5 — 7 km gʻarbda bunyod etilgan yangi shahar — Axsi 14 — 17-a. larga oiddir. Axsikatni arxeologik jihatdan oʻrganish ishlari 19-a. oxirlari —20 – a. boshlaridan boshlangan. 1885-y. N. I. Veselovskip, 1914-y. I. A. Kastanye qazish va qidiruv ishlari olib borgan. Shoʻrolar davrida M. Ye. Massoy (1939) va A. N. Bernshtam (1948)lar tekshirganlar. Arxeologik tadqiqotlar natijasida Axsikat ark, shahriston va raboddan iborat boʻlganligi, shaharning uch qismi ham alohida devorlar bilan oʻralganligi, arkda hokim saroyi, zindon, shahristonda ichki bozor, jome masjidi, pishiq gʻishtdan ishlangan hovuz va ariqlar, rabodda hunarmandlar mahallalari va tashqi bozor mavjud boʻlganligi aniqlangan. Axsikat Namangan oʻlkashunoslik muzeyi xodimlari tomonidan ham oʻrganilgan (1957-59). 1960-y. Oʻzbekiston FA Tarix va arxeologiya in-ti uyushtirgan maxsus ekspeditsiya A. rabodidan 11 – a. ga oid koʻhna hammom oʻrnini ochgan. U yerdan sopol idish, quvur, chaqa tanga va shisha buyumlar topilgan. Bundan tashqari, Axsikat xarobalaridan gʻarbrokda oʻrta asrlarga oid yana bir shahar xarobalari borligi aniqlangan. Akad. Ya. F. Gʻulomov va arxeolog I. Ahrorov mazkur tadqiqotlar asosida bu yerda turli davrlarga oid ikkita shahar boʻlganligini, ulardan biri qad. Axsikat va ikkinchisi Bobur tugʻilgan Axsi ekanligini birinchi boʻlib isbotladilar. 1967-y. rassom I. A. Smirnov A. xarobalaridan yigʻib jamlagan sopol idish, jez buyum va zeb-ziynatlar majmuasini Moskvadagi Sharq xalqlari davlat muzeyiga taqdim etgan. Axsikat yodgorligi oʻzbek xalqi madaniyati tarixida muhim oʻrin tutganligi uchun 1950-y. dan davlat muhofazasiga olingan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x