AXAGGAR

AXAGGARSahroi Kabir markaziy qismidagi (Jazoir jan.) keng togʻlik. Asosan kembriydan oldingi kristalli slaneslardan tarkib topgan, usti te-kis va zinapoyasimon tizmalardan iborat. Uchlamchi davr oxiri va toʻrtlamchi davr boshida togʻlik koʻtarilib yorilgan, vulkanlar otilib chiqqan. Axaggarning eng baland nuqgasi Taxat togʻi — 3005 m. Iqlimi togʻ-choʻl iqlimi. Yogʻin yiliga 100 mm atrofida. Axaggarda bir qancha vodiylar bor, ularda yer osti suvlari yuza. Baʼzi joylarida alohida oʻsgan daraxt va daraxtzorlar (kiparis, mirta, palma, akatsiya) uchraydi. Aholi chorvachilik (1500 m balandlikkacha), qisman dehqonchilik bilan shugʻullanadi (bugʻdoy, dukkaklilar, pomidor). Platina, olmos, nikel va mis konlari topilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x