AVTOTOMIYA, autotomiya (avto… va yun. tome — kesib tashlash) — bir qancha hayvonlarda kupli qoʻzgʻalish taʼsirida, mas, yirtqich hayvon changaliga tushib qolganida oyoqpari, dumi yoki tanasining boshqa qismlarning beixtiyor uzib tashlashi. Avtotomiya koʻpchilik umurtqasiz hayvonlar uchun xos: ayrim gidroid poliplar va aktiniyalar — paypaslagichlarini, nemertinlar va halqali chuvalchanglar — tanasining keyingi qismini, ninaterililar — nurlarini, mollyuskalar — sifonlarini, qisqichbaqasimonlar — qisqichlari va oyoqlarini uzib tashlaydi. Umurtqalilar orasida Avtotomiya himoya reaksiyasi boʻlib, nerv sistemasining reflektorlik jarayoni hisoblanadi. Mas, kaltakesaklarda Avtotomiya dumining koʻndalang togʻay plastinka joylashgan qismidagi muskullarning kuchli va tez qisqarishi tufayli uzib tashlanishidan iborat. Avtotomiyada odatda tananing uzib tashlangan qismi qayta tiklanadi (q. Regeneratsiya).
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые