AVTOELEKTRON EMISSIYA

AVTOELEKTRON EMISSIYA (tunnel, sovuq emissiya) , metallar va yarimoʻtkazgichlarda kuchli elektr maydoni (Ye>106 — 107V/sm) taʼsiridagi elektron emissiya. A. e. elektronlarning metall vakuum (yoki boshqa muhit) chegarasidagi potensial toʻsiqdan tunnel orqali oʻtishi natijasidir. Kuchli elektr maydoni bu toʻsiqning balandligi va qalinligini kamaytiradi. Metallarda Avtoelektron emissiya tok zichligi j Fauler—Nordxeym qonuni bilan aniqlanadi; Katta Avtoelektron emissiya toki olish uchun katod sirtida koʻplab ignasimon uchlar hosil qilinadi. Odatda, kuchlanganligi Ye>10bV/sm boʻlgan maydon hosil qilish ancha qiyinligi sababli, Avtoelektron emissiyani kuzatish uchun sirt egriligi katta boʻlgan kichik oʻlchamli (mikronning bir necha ulushida) ignasimon katoddan (mas, avtoelektron proyektorag) foydalaniladi. Avtoelektron emissiya sovuq katodli har xil asbob va qurilmalarda qoʻllaniladi. Mac, simobli oʻzgaruvchan tok (bir necha oʻn kA) toʻgʻrilagichlarida, kuchli tok kommutatori (ingitron)da, intensiv impulyeli rentgen va yuqori chastotali nurlanishlar olish va h. k. da.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x