AVTOBLOKIROVKA — t. y., korxona va sexlardagi harakat va texnologik jarayonlarni boshqarishda ishtirok etuvchi avtomatik asboblar guruhi. Avtoblokirovka yordamida poyezdlarning harakatini, korxonadagi apparat va mexanizmlarning ishini xavfsiz olib borish, mashinalar guruhida avariya yuz berganda qolganlarining bir qismi yoki hammasini avtomatik ravishda toʻxtatish mumkin. Mas, yogʻ-moy korxonasining portlash xavfi bor (ekstraksiyalash, gidrongenlash) sexlarida biror mashina yoki agregat ishdan chiqsa, Avtoblokirovka jihozlari darhol undan ilgari turgan mashinalar, transport elementlari va agregatlarni toʻxtatadi hamda bu haqda signal beradi. Poyezdlar harakatini avtomatik boshqarib turishda ham Avtoblokirovkaning roli katta.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые