AVSTRIYA-ITALIYA URUSHI

AVSTRIYA-ITALIYA URUSHI (1866) — Italiyaning Avstriya hukmronligiga qarshi milliy ozodlik urushi. Bu vaqtda Italiyada birlashtiruvchilik harakati yana kuchaygan va Italiya asosan birlashgan edi. Lekin avstriyaliklar qoʻl ostidagi Venetsiya viloyati va Papa hokimiyatiga qarashli Rim hali ozod etilmagan, birlashtirilmagan edi. Italiyaning birlashgan qismida hukmron boʻlib olgan Savoyya sulolasiga mansub Sardiniya qirolligi (Pyemont) Italiyani batamom birlashtirish maqsadida xalq ommasining vatanparvarlik hissiyotidan va Prussiyaning Avstriyaga qarshi kurashidan foydalanishga intildi. 1866-y. 8 apr. da Italiya va Prussiya oʻrtasida yashirin bitim imzolandi. Prussiya 16-iyunda Avstriyaga qarshi urush boshlagandan soʻng 20-iyunda Italiya qoʻshinlari Venetsiya hududiga bostirib kirdi. Garibaldi koʻngillilari Triyest, Trentino va Jan. Tirolni ozod etdi. Avstriya-Prussiya urushida Avstriyaning zarbaga uchrashi tufayli Italiya uchun qulay vaziyat vujudga keldi. Lekin dengizda Italiya floti talafot kurdi. Buning ustiga Prussiya Italiyaning roziligini olmay, Fransiya vositachiligida 26-iyulda Avstriya bilan yarash bitimi imzoladi. Fransiya va Prussiya taklif etgan shartlar asosida Sardiniya qirolligi bilan Avstriya urtasida 10 avg. da yarash bitimi, 3 okt. da esa Venada sulh shartnomasi imzolandi; Avstriya Venetsiyadan voz kechdi. Venetsiya Italiya tarkibiga kiritildi. Ammo Triyest, Trentino va Jan. Tirol yana Avstriya qoʻlida qoldi. Italiyaning birlashishi 1870-y. ga borib tugʻallangan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x