AVSTRALIYA GʻOʻZASI (Gossypium australe Mull.) — yovvoyi gʻoʻza turi. Genomi S3, xromosomalar soni 2p/26. Birinchi marta F. Myuller taʼriflab bergan (1858). Avstraliyada keng tarqalgan. Avstraliya gʻoʻzasi koʻp yillik buta, boʻyi 1—1,5 m gacha. Poyasi ingichka, kalta tuklar bilan qoplangan. Koʻsaklari kichik (diametri 1 sm gacha), sirti silliq, teskari tuxumsimon shaklda, 3—4 chanoqli, ochilishi oʻrtacha, chigiti mayda, uzunchoq, och kulrang, ipaksimon (uz. 5 mm gacha) tukchalar bilan qoplangan. Chigit qobigʻi uncha qattiq emas. Avstraliya gʻoʻzasi eng tezpishar, koʻsagi 30 kunda pishib yetiladi. Oʻrgimchakkana va shiraga chidamli.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые