AUSKULTATSIYA

AUSKULTATSIYA (lot. auscultatio – eshitish) — ichki aʼzolarda yuzaga keladigan tovushlarni eshitib, ular faoliyatini va holatini tekshirish usuli. Mas, yurakurishini eshitib, uning sogʻ yoki kasalligini aniqlash. Auskultatsiyada badanning tegishli qismiga shifokor quloq tutadi (bevosita Auskultatsiya) yoki maxsus asboblar (stetoskop, fonendoskop yoki stetofonendoskop) qoʻyib eshitib koʻradi (bilvosita Auskultatsiya). A. tibbiyot amaliyotida yurak, oʻpka, qon tomir kasalliklarini, shuningdek qon bosimini aniqlashda muhim diagnostik ahamiyatga ega.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x