AURIPIGMENT

AURIPIGMENT (lot. aurum — oltin va pigmentum — boʻyoq) — mineral. Mishyak sulfidi — As2Sr Tarkibida 61% As va 39% S bor. Qattiqligi 1,5—2. S. ogʻ. 3,4—3,5. Rangi oltinsimon-sariq, toʻqsariq, baʼzan qoʻngʻir. Yogʻsimon, yaltiroq, yumshoq. Auripigment epitermal konlar uchun xos boʻlib, realgar AsS, antimonit Sb2S3, oltin va b. minerallar bilan hamda qaynoq mineral buloqlar choʻkindilarida uchraydi. Bundan tashqari, Auripigment vulkan ogʻizlarida, choʻkindi temir konlarida ham boʻladi. Shoh aragʻi (oʻtkir kislotalar aralashmasi) va ishqorda eriydi. Qizdirilsa rangi qizaradi. Elektr oʻtkazmaydi, diamagnit. Auripigment asosan uch oksidli mishyak As2O3 i. ch. uchun yoki sariq boʻyoq olishda va koʻnchilik sanoatida terilarni oshlashda ishlatiladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x